Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Sardor Umrzoqovga maktab ta’limini isloh qilish vazifasini yukladi
Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov boshchiligidagi jamoa prezidentdan maktablardagi ta’lim sifati bo‘yicha topshiriq oldi.
Topshiriqqa ko‘ra, o‘zbek maktablari shunday darajaga chiqishi kerakki, ularni bitiruvchilar quyidagi beshta sifatga ega bo‘lishi zarur:
- zamonaviy ko‘nikmalarni egallagan;
- axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan;
- kreativ fikrlaydigan;
- mustaqil qaror qabul qila oladigan;
- dunyoqarashi keng ShAXS bo‘lishi lozim.
Shavkat Mirziyoyev bu haqda bugun, 31 avgust kuni Mustaqillik bayramidagi nutqida aytib o‘tdi.
Prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonovning ma’lum qilishicha, yuqoridagi topshiriq ijrosi bo‘yicha ishlar boshlangan.
“11 yillik sifatli dastur yaratish va uni amaliyotga joriy qilish oson ish emas. Lekin masala albatta oxiriga yetkaziladi”, – dedi Allamjonov.
Mavzuga oid
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026