12:17 / 31.08.2022
4942

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Turkiston viloyatiga rahbar etib tayinlandi

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Darxon Sotiboldi Turkiston viloyati hokimi etib tayinlandi. 

Darxon Sotiboldi / Foto: Qozog‘iston elchixonasi

26 avgust kuni Turkiston viloyati hokimi Umirzoq Shukeyev o‘ziga bo‘ysunuvchi Kentau hokimi o‘ta yirik miqdorda pora olganlikda aybdor deb topilgani sababli iste’foga chiqqan edi. 31 avgust kuni Qosim-Jo‘mart To‘qayev Shukeyevning iste’fosini qabul qildi.

Darxon Sotiboldi 2019 yilning mart oyidan buyon Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

U 1974 yil 26 martda tug‘ilgan, Seyfullin nomidagi Oqmo‘la qishloq xo‘jaligi institutini, shuningdek, Qozog‘iston gumanitar yuridik universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - iqtisodchi-menejyer, huquqshunos. 

Ma’lumot uchun, Darxon Sotiboldi o‘rniga Qozog‘istonning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari etib kim tayinlanishi hozircha noma’lum.

Top