Qörboşilarni qiynagan sovetlarning ikki quroli: Turkistonda ozodlik harakatlari qanday keçdi?
|21:00 / 20.09.202515 63215 min
XX asr boşlarida Turkiston çor Rossiyasi va keyinçalik Sovet hukmronligi ostida misli körilmagan repressiyalarga uçradi. Birinçi jahon uruşi mintaqada siyosiy beqarorlikni kuçaytirib, milliy ozodlik harakatlarining uyğonişiga sabab böldi. Natijada qörboşilar siyosiy sahnaga çiqib, qurolli qarşilikning ramziga aylandi. Kun.uz mavzu muhokamasi uçun qörboşilarning kuraşi, taşkiliy tuzilmalari, içki nizolari va xalqaro aloqalari mavzusini muhokama qiliş uçun tarixçi olim Feruz Boboyevni suhbatga taklif etdi.
Birinçi jahon uruşi dunyo siyosiy hayotiga, jumladan Turkistonga qanday ta’sir qildi?
Feruz Boboyev: Haqiqatan ham, Birinçi jahon uruşi jahon siyosiy hayotida katta özgariş va tub buriliş bosqiçi sifatida qaraladi. Uruş natijasida yirik imperiyalar xususan, Avstriya-Vengriya, Rossiya imperiyasi va boşqa mustamlakaçi davlatlarda hokimiyat qulaşiga olib keldi. Bu jarayon esa ularning tarkibidagi xalqlarda milliy ozodlik harakatlarining kuçayişiga turtki böldi. Xuddi şunday holat Turkiston ölkasiga ham taalluqlidir. Ma’lumki, Turkiston hududi 1865 yildan boşlab Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan bölsa-da, aslida bu jarayon 1847 yildan boşlangan desak, töğriroq böladi. Bosqinlar natijasida Turkiston xalqlari Rossiya imperiyasining mustamlakasi ostida ijtimoiy-iqtisodiy hayotni davom ettirişga majbur böldilar.
Şu bois, Rossiya imperiyasining Birinçi jahon uruşidan keyin parçalanişi Turkiston xalqlari uçun ham öz haq-huquqlari, erkinlik va mustaqillik yölida kuraşiş ğoyalarining yanada kuçayişiga sabab böldi. Albatta, bu ğoyalar uruşdan keyin paydo bölmagan, ular ilgari ham mavjud edi. Biroq imperiyaning zaiflaşuvi milliy ozodlik harakatining kuçayişiga muhim turtki böldi. Bu holat nafaqat Turkistonda, balki Rossiya imperiyasining boşqa hududlarida ham kuzatildi. XX asrning 1920 yillariga kelib, uşbu milliy-ozodlik harakatlari tobora kuçaydi va köplab hududlarda faol şaklda namoyon böldi. Xulosa qilib aytganda, Birinçi jahon uruşi natijasida imperiyalarning parçalanişi mustamlaka xalqlari, jumladan, Turkiston xalqlari orasida milliy uyğoniş va ozodlik ğoyalarining kuçayişiga zamin yaratdi.
Qörboşilar harakati qaysi hududlarda boşlandi va bunga arman daşnoqlarining boğliqligi nimada?
Feruz Boboyev: Qörboşilar harakati Özbekiston tarixida muhim örin egallaydi. U milliy-ozodlik kuraşining ajralmas bir böğini bölib, Turkiston muxtoriyatining 1918 yilda qonga botirilganidan keyin yuzaga keldi. Ammo tarixiy şaroitdan qat’i nazar, Rossiya imperiyasining mustamlakaçilik siyosatiga qarşi kuraş Turkiston xalqlari tomonidan baribir boşlanardi. Turkiston muxtoriyatining qulatilişi bu harakatni tezlaştirdi va ayniqsa Farğona vodiysini qarşilik markaziga aylantirdi. Turkiston muxtoriyatiga qarşi harbiy harakatlar Rossiya içkarisida oq gvardiyaçilarga qarşi kuraş ketayotgan murakkab bir davrda boşlandi. Sovet hukumati içki muammolardan aziyat çekayotganiga qaramay, Turkistonda milliy harakatlarni bostiriş uçun katta kuç ajratdi. Orenburg temiryölining tiklanişi natijasida Rossiyadan harbiy kuçlarni olib keliş imkoni paydo böldi. General Perfilev boşçiligida 11 ta eşelon harbiylar Turkistonga yuborildi. Bu qöşinlar muxtoriyatni tugatişda asosiy rol öynadi. Turkiston muxtoriyatining sönggi kunlarida mudofaa mas’uliyati Kiçik Ergaş zimmasiga yuklatildi. U muxtoriyat tugatilgaç, qurolli kuraşga boşçilik qildi. Afsuski, sovet propagandasi tomonidan u va boşqa yetakçilar «bosmaçi» sifatida körsatildi. Bu fikr hanuzgaça ayrimlar tomonidan takrorlanmoqda. Vaholanki, ularning harakati tarixiy adolat, milliy erkinlik va din, e’tiqodni himoya qilişga qaratilgan edi.
Mavzuga oid
Arman millatçi guruhlari “Daşnaksutyun partiyasi” vakillari “Qizil Gvardiya” safida faol iştirok etdi. Ularning iştirokida Farğona vodiysida ayançli qirğinlar amalga oşirildi. Eng katta fojialar Andijon, Marğilon, Namangan va Qöqon oraliğida yuz berdi. (Sovetlar Turkistonda öz hokimiyatini örnatiş uçun taşqi yordamga muhtoj bölgan. Şu sababli ular arman, rus, yahudiy va boşqa millatlardan iboratişonçli harbiy kuçlarga tayanişgan). Daşnoqlar Turkiston xalqiga qarşi şafqatsiz jinoiy harakatlar sodir etgan. Qörboşilar bu vahşiyliklarga qarşi 170 nafar daşnoqni yöq qilgan, buning natijasida yana 250 kişilik yangi otryad yuborilib, qasos harakatlari boşlangan. Bunday qasos qirğinlari musulmonlar yaşaydigan qişloqlargina emas, balki ruslar yaşaydigan Nikolskoye kabi joylarda ham sodir bölgan. Hatto 23 kun davomida tinimsiz «tozalaş» işlari olib borilgan.
Qişloqlarda aholi otib taşlangan, öliklar oylar davomida köçalarda qolgan. Bolalar, ayollar, yoşi kattalar barçasi nişonga olingan. Aholi yaşaş joylaridan köçirilgan, yertölalarda yaşirinib yaşagan. Hattoki dafn marosimlarida ham odamlar şafqatsizlarça öqqa tutilgan. Safronov ismli vakil Farğonaga yuborilganda, bu fojialarni öz közi bilan körgan va hayratda qolgan.
Armiyani töldiriş uçun sovetlar “ixtiyoriy va majburiy” çaqiruv siyosatini yuritgan. Bu esa işsiz, jinoyatga moyil, talonçilikka intilgan şaxslarning armiyaga kirişiga olib kelgan. Ular faqat harbiy emas, balki talonçilik va qirğin qiliş vositasiga aylangan. 1925 yilda hatto armiyaning holati şunçalik oğir ediki, ba’zi askarlar oyoq kiyimsiz yurişgan. Bu esa intizom va nazoratning pastligidan darak beradi.
1918–1919 yillarda: Marğilon: 7000 kişi, Andijon: 6000 kişi, Namanganda: 2000 kişi, Bozorqörğon–Qöqon oraliğida esa 4500 kişi vahşiylarça öldirilgan. Bular faqat otib öldirilgan fuqarolar soni, oçarçilik natijasida vafot etganlar hisobga olinmagan holdagi körsatkiçlar.
Aybni butun arman xalqiga yuklaş notöğri. Qirğinlar uçun mas’uliyat Daşnaksutyun partiyasining ayrim vakillariga, lekin undan ham muhimroği, ularni tarkibida saqlagan va harakatlariga ruxsat bergan sovet hukumatiga yuklanadi.
Natijada 1918 yilda Farğonada boşlangan qözğolonlar keyinçalik Buxoro va Xiva hududlariga ham tarqaldi. 1920 yil fevralda Xiva, sentabrda esa Buxoro bosib olindi. Bu davrda sovetlarga qarşi milliy ozodlik kuraşlari butun Turkiston böylab avj oldi va 1936 yilgaça qurolli harakat şaklida davom etdi. Ammo mafkuraviy kuraş 1991 yilgaça, ya’ni mustaqillik e’lon qilingunça davom etgan.
Sovetlar tomonidan «bosmaçi» deb atalgan milliy qahramonlar aslida xalqning erkinligi, şa’ni, dini, vatanini himoya qilgan mard insonlar edi. Farğonada sodir bölgan qirğinlar ulkan fojia bölib, bu voqealar öz navbatida xalqni kuraşga undadi. Har qanday inson bunday şaroitda öz yurtini himoya qilişga majbur böladi. Aynan şu kontekstda qörboşilar harakati tarixiy asosga ega va milliy ongning ifodasi sifatida qadrlanişi lozim.
Sovetlar bilan qörboşilarning harbiy aslahalari örtasidagi farq qanday edi?
Feruz Boboyev: Milliy-ozodlik harakati davomida eng oğriqli masalalardan biri bu qurol-yaroğ masalasida qarama-qarşi tomonlar örtasidagi kuçlar teng emasligi böldi. Aynan şu jihat bizning eng nozik nuqtamiz va köplab mağlubiyatlarimizning asosiy sababi sifatida baholanişi mumkin. Agar milliy qöşinlarda ham sovet armiyasidagidek zamonaviy harbiy texnika bölganida, janglar taqdiri boşqaça keçgan bölişi ehtimoldan xoli emas edi. Örganişlar natijasida aniqlanişiça, sovet armiyasining biz qarşilik körsata olmagan ikki asosiy harbiy texnikasi mavjud bölgan. Bu samolyot va tanketkadir.
Milliy qörboşilar qöşinida umuman samolyot mavjud emas edi. Tanketka esa tankning kiçikroq varianti bölib, ikki kişi tomonidan boşqariladi: biri harakatni, ikkinçisi esa öqqa tutiş jarayonini boşqaradi. Aynan şu ikki qurol harbiy töqnaşuvlarda qörboşilar kuçlariga katta talafotlar yetkazgan.
Bundan taşqari, sovet armiyasi samolyotlardan nafaqat hujum, balki razvedka maqsadlarida ham keng foydalangan. Çöl hududlarda qaysi joyda qörboşilar harakat qilayotganini aniqlaşda samolyotlar muhim rol öynagan. Hujum harakatlaridan avval razvedkadan olingan ma’lumotlar samolyotlar orqali tasdiqlanmagunça, u yerga harbiy harakatlar boşlanmagan. Bu yondaşuv ularga strategik ustunlik bergan.
Milliy qöşinlar sovet texnikasiga qarşi harbiy jihatdan teng tura olmagan bölsalar-da, imkon doirasida qarşilik körsatişga harakat qilişgan. Qörboşilar qöşinida asosiy qurollar sifatida zambarak, pulemyot, vintovkalar qöllangan. Jumladan, Madaminbek boşçiligida Farğona vodiysidagi Garbuva, Qöqon va boşqa hududlarda qurol-yaroğ işlab çiqariş yölga qöyilgan, ammo bu taşabbuslar oxirigaça muvaffaqiyatli yakunlanmagan. Eng keng tarqalgan qurollar “Maksimka” rusumli pulemyotlar bölib, ular eng samarali va kuçli qurollardan biri hisoblangan. Şuningdek, qörboşilar tomonidan işlatilgan vintovkalar soni ham köp bölgan töqqiz xil markadagi vintovkalar mavjud bölgan. Bu qurollarning aksariyati çetdan, ayniqsa Afğoniston bozoridan sotib olingan. Ayrimlar bu qurollarning kelib çiqişini xorijiy davlatlar bilan boğlaşga urinadi, masalan “fransuz yoki inglizlar qöllab-quvvatlagan” degan taxminlar mavjud. Biroq mavjud hujjatlar va tarixiy manbalarga köra, bu qurollar asosan Afğoniston orqali keltirilgan, ayrimlari esa Qizil armiya askarlaridan yoki sovet garnizonlaridan sotib olingan. Masalan, Samarqand, Buxoro va Ğuzorda joylaşgan harbiy garnizonlar orqali qurol sotilgan holatlar qayd etilgan.
Bu yerda yana bir muhim jihat şuki, bu xarajatlar xalq tomonidan tölangan soliqlar hisobidan amalga oşirilgan. Qurol-yaroğ, oziq-ovqat va otlar ta’minoti xalq zimmasiga tuşgan bölsa-da, ular milliy harakatni qöllab-quvvatlaşda öz imkoniyatlarini ayamaganlar. Milliy harakat aslida xalq harakati bölganligi, xalqning bu yöldagi fidokorona xizmatini alohida ta’kidlaş zarur.
Qörboşilar dastlab samolyotlar jang maydonida paydo bölişi natijasida sarosimaga tuşgan bölsa-da, keyinçalik ular ularga qarşi kuraş usullarini işlab çiqqan. Ayniqsa, toğli hududlarda joylaşiş, tepadan turib nişonga oliş kabi taktika samolyotlarga qarşi kuraşda qöllangan. Ma’lumotlarga köra, Ibrohimbek qöşinlari tomonidan bitta jangda törtta samolyot urib tuşirilgan.
Şuningdek, oğzaki tarixiy manbalarda samolyotlarga qarşi maxsus merganlar tayyorlangani haqida ham fikrlar mavjud. Garçi bu fikrlar yozma hujjatlarda tasdiqlanmagan bölsa-da, samolyotlarni işdan çiqariş holatlari qayd etilgan. Xuddi şunday holatlar Xorazm vohasida Junaydxon askarlarida ham uçragan. Dastlabki sarosimaga qaramay, keyinçalik bu texnikalarga qarşi harbiy rejalaştiriş va taktik qarorlar işlab çiqilgan. Milliy ozodlik harakati davomida Sovet armiyasi bilan harbiy kuçlar teng emas edi. Aynan harbiy texnikadagi farq köplab talafotlar va mağlubiyatlarga olib kelgan. Biroq bu şaroitda ham milliy qörboşilar öz imkoniyatlari doirasida qarşilik körsatgan, qurollaniş, joylaşiş, kuraş taktikasi borasida moslaşuvçanlikni namoyiş etgan.
Sovet hokimiyati milliy-ozodlik harakatlarini bostirişda bir neça harbiy va maxfiy usullardan foydalangan. Ulardan biri mahalliy aholi vakillaridan ikki turdagi otryad taşkil qiliş edi: Köngillilar otryadi ayrim hollarda ixtiyoriy, ayrim hollarda majburiy ravişda tuzilgan.
Maxsus kuzatuvçi şaxslar bu guruh razvedka maqsadida joylardagi ma’lumotlarni töplagan.
Masalan, Ibrohimbekni uşlaşda iştirok etgan Muqim Sultonov ham şunday otryadlardan birida bölgan. Bu otryad a’zolari köpinça milliy kiyimda bölişgan, ularni oddiy fuqarolardan yoki qörboşi tarafdorlaridan ajratiş qiyin bölgan. Şu sababli sovet samolyotlari uçun “T” harfi şaklida yoğoçdan tayyorlangan maxsus belgi işlab çiqilgan bölib, agar bu belgi kötarilsa, samolyotlar hujum qilmagan. Bu belgining mavjudligi öşa askarlarning sovet tomoni yoki ularning köngilli otryadiga mansubligini bildirgan.
Ibrohimbek razvedka tizimidagi bu nozik jihatni kuzatgan va undan mohirlik bilan foydalangan. U ham öz askarlariga “T” belgisi yasab, samolyotlardan himoyalaniş maqsadida undan foydalanişni buyurgan. Köp hollarda bu taktika iş bergan va samolyotlar ularning ustidan hujum qilmasdan ötgan. Askarlar ketma-ket safda (bir qatorda) harakatlangan. Yoki çangalzorlarga, daraxtzor yoki saksovulzor hududlarga yaşiringan. Bu ham samolyotlar tomonidan nişonga olinmaslik uçun qöllangan strategiyalardan bölgan. Bu taktikalar nafaqat Ibrohimbek tomonidan, balki Xorazm vohasida harakat qilgan Junaydxon va uning sardorlari tomonidan ham keng qöllangan.
Sovet armiyasining yana bir texnik ustunligi bu tanketkalar edi. Bu kiçik tanklar ikki kişi tomonidan boşqarilgan va birinçi marta Xorazm vohasida qöllangan. Rus harbiylari Melkumov va Budyonniy öz xotiralarida uşbu harbiy harakatlar haqida batafsil yozib qoldirgan. Jumladan, şunday deydi: “Sovet armiyasi tarixida birinçi bor havodan va yerdan bir vaqtning özida hujum qiliş taktikasi Junaydxonga qarşi qöllandi. Şunga qaramay, uni qölga kiritiş imkonsiz böldi”.
Budyonniy Junaydxon va uning sardorlarini toğ va çöl şaroitida harakatlana olişdagi mohirligi bilan alohida ta’kidlaydi. Şuningdek, ularning radioaloqa tizimi, koordinatsiya va jangovar harakatlardagi uyğunligini yuqori baholagan.
Qörboşilar, ayniqsa Xorazm va Turkmaniston hududlaridagi sardorlar, tanketkalarga qarşi samarali kuraş taktikasini işlab çiqqanlar. Bu usul quyidagilardan iborat edi: Öralar qaziş tanketka ötib ketadigan yöllarda maxsus çuqurlar qazilgan.
Çuqurlarni yaşiriş uçun ustiga şox-şabba va tuproq taşlab, yaşirin holatga keltirilgan. Tanketka çuqurga tuşgaç, neftga botirilgan matolar yordamida yoqib yuborilgan. Bu usul nafaqat samarali bölgan, balki öta oğir texnik ustunlikka qarşi qörboşilarning moslaşuvçan harbiy taktikasi sifatida baholangan. Hattoki, 1931 yildagi Qoraqum operatsiyasining ikkinçi bosqiçi haqida yozilgan sovet harbiy hisobotlarida şunday e’tirof bor: “Qörboşilar tanketkani nafaqat tuzoqqa tuşirib, yöq qildi, balki undan foydalanişni ham örgandi”.
Bu fikr Turkiston-Örta Osiyo harbiy okrugi qömondonligining hisobotlarida keltirilgan bölib, u qörboşilarning tanketkalarni ölja sifatida qölga kiritib, undan foydalanişga uringanini e’tirof etadi. Sovet hokimiyati harbiy ustunligini nafaqat texnik jihatdan, balki razvedka va axborot yiğiş tizimlarida ham namoyon etgan. Biroq Ibrohimbek, Junaydxon va boşqa qörboşilar bu ustunliklarga qarşi kuzatuv, tajriba va mahalliy şaroitdan ustalik bilan foydalaniş orqali samarali qarşilik körsatişga muvaffaq bölganlar.
Suhbatni töliq şaklda YouTube platformasida tomoşa qilişingiz mumkin.