Qozoğistonning SCAT aviakompaniyasi Turkiston şahrining Hazrat Sulton (HSA) xalqaro aeroportidan Özbekistonning uçta şahriga: Urganç, Buxoro va Samarqandga bevosita reyslarni yölga qöymoqda. Parvozlar dekabr oyida boşlanadi va çiptalar allaqaçon sotuvga çiqarilgan.

Turkiston — Urganç — Turkiston yönalişi böyiça reyslar 2025 yil 1 dekabrdan boşlanişi rejalaştirilgan. Parvozlar duşanba, juma va yakşanba kunlari amalga oşiriladi.

Turkiston — Buxoro — Turkiston yönalişi böyiça reyslar şu yilning 2 dekabridan seşanba, payşanba va şanba kunlari boşlanişi rejalaştirilgan.

Turkiston — Samarqand — Turkiston yönalişi böyiça reyslar şu yilning 3 dekabridan boşlanişi rejalaştirilgan. Parvozlar çorşanba, juma va yakşanba kunlari amalga oşiriladi.

Ta’kidlanişiça, yangi yönalişlarning işga tuşirilişi Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi transport imkoniyatlarini kengaytiradi va mintaqadagi şaharlar örtasida sayohatni yanada qulaylaştiradi.