Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 12 nafar o‘zbekistonlikning pasporti ish beruvchilardan olib berildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Voronej shahridagi vakilligiga 12 nafar o‘zbekistonlik pasportlarini ish beruvchi olib qo‘yganligidan norozi bo‘lib shikoyat qilgan.
Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, shikoyat shu kuni o‘rganilib, mehnat migrantlari va ish beruvchi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ma’lum qilinishicha, fuqarolarning ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan pasportlari qaytarilgan hamda ular boshqa ishga joylashtirilgan.
Shuningdek, agentlikning Volgograd shahridagi vakilligi tomonidan 6 nafar qoraqalpog‘istonlik fuqarolarning hujjatlari olib berildi va vaqtincha yashash joyi bilan ta’minlandi.
Mavzuga oid
08:56 / 30.10.2025
Soxta migratsiya hujjatlari ishi: Voronejda 7 o‘zbekistonlik sud oldida javob beradi
12:48 / 10.09.2025
Qurilish qonuniyligi qanday tekshiriladi?
23:22 / 07.09.2025
O‘zbekiston pasporti jahon reytingida 72-o‘rinni egalladi
14:48 / 23.07.2025