Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, tergov versiyasida ayblanuvchilar 2023 yil yanvardan 2024 yil dekabrgacha guruh tarkibida migratsiya qonunchiligini buzgan holda xorijiy fuqarolarga Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy bo‘lib turishni tashkil etgan. Bu maqsadda pul evaziga soxta migratsiya hujjatlari tayyorlab, ularni taqdim etgani aytilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar noqonuniy harakatlarni to‘xtatdi, jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasi tasdiqlanib, materiallar Komintern tuman sudiga mazmunan ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.
Qonunga muvofiq, ayblanuvchilar sud hukmi qonuniy kuchga kirgunga qadar aybsiz deb hisoblanadi.











