O‘zbekiston | 07:42 / 31.08.2022
1805
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada 15 nafar o‘zbekistonlikning ish haqi undirib berildi 

Rossiya poytaxtidagi “Elektro Siti Svet” qurilish korxonasida ishlayotgan 15 nafar fuqaroning may, iyun, iyul oylari uchun ish haqi to‘lanmagani haqida murojaat kelib tushgan, deb xabar bermoqda Migratsiya agentligi.

Murojaat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi negizidagi Mehnat migrantlari murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy ko‘maklashish markazi xodimlari ish beruvchi bilan muzokara o‘tkazdi. Natijada, fuqarolarning 1,5 oy uchun (may oyi to‘liq va iyun oyi yarimi) 1 million 50 ming rubl ish haqi undirib berildi

Ish beruvchi qolgan qarzdorlikni joriy yil 10 sentabriga qadar to‘lab berishini va’da qildi. Ayni paytda fuqarolar ushbu korxonada mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid