O‘zbekiston | 07:41 / 31.08.2022
2601
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi 4 ta ko‘chada transport harakati vaqtincha cheklanadi

Joriy yil 31 avgust kuni O‘zbekiston davlat mustaqilligi o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Foto: IIBB axborot xizmati

Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu sababli poytaxtning Yangi O‘zbekiston, Maxtumquli, Tabarruk va Cho‘lpon ko‘chalarida soat 18:00 dan 24:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid