Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Botanika bog‘i tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Farg‘ona viloyati Qo‘qon o‘rmon xo‘jaligida namunaviy dorivor o‘simliklar Botanika bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Farg‘ona viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining Toshkent Botanika bog‘i negizida dorivor o‘simliklar Botanika bog‘ini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.
O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi Fanlar akademiyasi, Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda 2023 yil 1 iyunga qadar Qo‘qon o‘rmon xo‘jaligi Yangiobod bo‘limida namunaviy dorivor o‘simliklar Botanika bog‘ini tashkil etish choralarini ko‘radi.
Qo‘qon o‘rmon xo‘jaligi Yangiobod bo‘limidagi Botanika bog‘iga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi:
- xorijiy mamlakatlar dorivor o‘simliklari introduksiyasi hamda ularni respublika hududlarida iqlimlashtirish, yetishtirish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish;
- bioxilma-xillikni saqlash va ko‘paytirish, kamyob, yo‘qolib borayotgan dorivor o‘simliklar xilma-xilligini saqlash borasida Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish;
- dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish, yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha turizmni rivojlantirish;
- dorivor o‘simliklar botanikasi va yetishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha Andijon, Namangan, Farg‘onada joylashgan OTM bilan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, dorivor o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha agrotexnolog va botanika sohasida mutaxassislarni tayyorlashda amaliy ko‘mak ko‘rsatish va sharoitlar yaratib, fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026