Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida beton to‘siqqa urilgan Lacetti yonib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Rohat» postiga kelaverishda Lacetti katta tezlikda beton to‘siqqa urilib, yonib ketgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 3 sentabr kuni soat taxminan 14:15 da Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R17a avtomobil yo‘lining 4-kilometrida haydovchi — 2001 yilda tug‘ilgan Q.Sh. Lacetti’da ketayotib, rul boshqaruvini eplay olmay, yo‘lning o‘ng chetidagi muhofazalovchi beton to‘siqqa urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Beton to‘siqqa urilishi oqibatida avtomobilda yong‘in kelib chiqqan va mashina to‘liq yonib ketgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasidan so‘ng haydovchiga voqea joyida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yuqori Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:55
Chimyon tog‘ida adashib qolgan 4 nafar fuqaro qutqarildi
14:44 / 14.07.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi
09:25 / 14.07.2026
Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi
10:56 / 11.07.2026