Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yangi avlod bankomatlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
Yangi avlod bankomatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara o‘tkazildi.

"O‘zeltexsanoat" uyushmasida NCR kompaniyasining Vengriyadagi maxsus vakili Jozef Kovach bilan O‘zbekistonda yangi avlod avtomatlashtirilgan tizim bankomatlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha video-aloqa orqali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Kompaniya vakiliga O‘zbekistonda investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, qator imtiyozlar va davlat huquqiy kafolatlari haqida ma’lumot berildi.
O‘z navbatida, Jozef Kovach mazkur yo‘nalishda hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini, kelgusida bu masala bo‘yicha qator kelishuvlarga erishish mumkinligiga ishonch bildirdi.
NCR kompaniyasi bosh qarorgohi AQShda joylashgan bo‘lib, uning 160 ta mamlakatda 34 000 dan ortiq xodimlari faoliyat ko‘rsatadi. Asosiy faoliyati chakana savdo, bank, moliya va tibbiyot sohalari uchun ixtisoslashtirilgan to‘lov terminallari, bankomatlar, shtrix-kodlarni o‘qish moslamalari ishlab chiqarishdan iborat. Yillik savdo aylanmasi 4,61 mlrd dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
11:21 / 03.03.2026
Nurafshonda bankomatni ochishga urinish to‘xtatildi, gumonlanuvchi ushlandi
11:11 / 26.12.2025
Toshkentda soxta treyderga aldangan yigit bankomatni buzib, pul olmoqchi bo‘ldi
07:41 / 23.08.2025
Navoiyda niqobli shaxslar bankomatni o‘g‘irlab ketdi
12:54 / 09.08.2025