Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Norov Josep Borrel bilan uchrashdi
Yevropa ittifoqi oliy vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2022 yil 6 sentabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Josep Borrel bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘zbekiston-Yevropa hamkorligi dolzarb masalalari, ularni yanada faollashtirish va amaliy mazmun bilan boyitish muhokama qilindi.
Bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlarga puxta va sifatli tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Yevropa diplomatiyasi rahbari joriy yil 17-18 noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan «Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo» vazirlar uchrashuvida, «Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo» o‘zaro bog‘liqlik: Barqaror rivojlanish uchun global darvoza» konferensiyasida shaxsan ishtirok etishga tayyorligini tasdiqladi.
Yevropa ittifoqi tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakiliga O‘zbekiston asosiy qonuniga kiritilayotgan «Inson – jamiyat – davlat» asosiy tamoyili hamda «Inson sha’ni va qadri» g‘oyasini targ‘ib etishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar mohiyati hamda mazmuni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.