O‘zbekiston | 11:28 / 12.09.2022
8262
1 daqiqa o‘qiladi

Hisoblangan ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotni olish tartibi tushuntirildi

Hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotni qanday olish mumkinligi ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz

“Davlat xizmati yangiliklari” kanalida yozilishicha, foydalanuvchilar ushbu davlat xizmatidan prezidentning 2019 yil 15 fevraldagi PQ-4193-son qarori 3-bandida keltirilgan «tadbirlar rejasi»ga asosan foydalanadi.

Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishi mumkin.

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul. Xizmat natijasi avtomatik ravishda (real vaqt rejimida) shakllanadi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi 12 oy davomida ushbu davlat xizmatidan 352 870 martadan ko‘p foydalanilgan.

Mavzuga oid