Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatçilikka qarşi kuraş boşqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir guruh şaxslar Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan uylardan birini ijaraga olib, u yerda Call-markaz faoliyatini yölga qöygani aniqlandi.

Ular fuqarolarga soxta qönğiroqlar orqali firibgarlik yöli bilan ularni aldab, mol-mulklarini talon-toroj qiliş bilan şuğullanib kelgan. 

Uşbu jinoyat guruhda ikki nafar taşkilotçi hamda 20 ga operatorlar faoliyat yuritgan. 

Ötkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvçilardan 15 mingdan ortiq fuqarolarning abonent raqamlari, şaxsga doir ma’lumotlari, giyohvandlik moddalari, 35 dona uyali aloqa vositasi, 10 dan ortiq plastik kartalar aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-4-moddasi (Kompyuter axborotini modifikatsiyalaştiriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçilar qamoqqa olingan.