Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy davlat xizmatlarini mahalla orqali ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi
Prezidentning “Murojaatlarni ko‘rib chiqish va nazorat qilish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
- 2023 yil yanvarga qadar mahalla fuqarolar yig‘ini ishtiroki bo‘lgan ijtimoiy davlat xizmatlari ro‘yxatini shakllantiradi;
- 2024 yil yanvarga qadar talabgorligi yuqori bo‘lgan davlat va ijtimoiy xizmatlarini bosqichma-bosqich viloyat markazlaridagi mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali;
- 2025 yil yanvarga qadar tuman markazlaridagi mahalla fuqarolari yig‘inlari orqali;
- 2026 yil yanvarga qadar respublikadagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali elektron ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘radi.
Bunda, mahalla fuqarolar yig‘inlari ish faoliyatida foydalaniladigan barcha hisobot turlari maksimal qisqartirilgan holda barcha hujjat almashinuvlari va hisobotlar “Ijtimoiy mahalla” axborot tizimi orqali elektron amalga oshiriladi.
Barcha vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘zlarida “ishonch telefon”larini tashkil etadi va doimiy ravishda “ishonch telefon”larini ommalashtirish hamda malakali xizmat ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yadi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vazirlik va idoralar so‘roviga asosan “O‘zbektelekom” call-markazi xizmatlaridan o‘rnatilgan tartibda autsorsing asosida foydalanishiga imkoniyat yaratadi.
Mavzuga oid
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
08:54 / 25.06.2026
Yoshlar uchun davlat xizmatiga kirish tartibi soddalashtiriladi
18:43 / 24.06.2026
Korrupsiyaga qarshi ichki nazoratchilarning xavfsizligi kafolatlandi
18:32 / 23.06.2026