Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga import shokolad asosan Rossiyadan olib kelinmoqda
O‘zbekiston 41 ta davlatdan kakao va shokolad import qilgan.
2022 yil 7 oyida O‘zbekiston 41 ta xorijiy davlatdan 24,2 ming tonna kakao va shokolad import qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, kakao va shokolad importi hajmi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.
7 oyda O‘zbekiston eng ko‘p kakao va shokolad import qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda – 17,4 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Turkiya – 1,3 ming tonna;
- Ukraina – 991 tonna;
- Qozog‘iston – 886 tonna;
- Niderlandiya – 702 tonna;
- Polsha – 474 tonna;
- Xitoy – 458 tonna;
- Belarus – 187 tonna;
- Germaniya – 181 tonna;
- Italiya – 101 tonna;
- Ispaniya – 84 tonna.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026