Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimovga hayfsan berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda 14 ta tuman hokimi ishdan olindi, ammo ularga o‘zgarish qilish uchun uch oy sinov muddati beriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Qashqadaryo viloyat hokimi Murodjon Azimov turizm sohasida viloyatning ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lmagani uchun hayfsan oldi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, yil boshidan Samarqand – 900 ming, Farg‘ona – 850 ming, Andijon – 650 ming ichki sayyohlarni qabul qilib, bu borada peshqadam bo‘ldi. Lekin ayrim viloyat, tuman va shaharlar natijalari yaxshi emas. Sirdaryoga – 151 ming, Navoiyga – 262 ming, Jizzaxga – 275 ming ichki sayyoh tashrif buyurib, bu ularning salohiyatidan ancha kam bo‘ldi.
«Chetdan kelgan turistlar uchun ko‘rsatilgan xizmatlar Qashqadaryoda juda past bo‘lib, Shahrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Kasbi tumanlarida turizm xizmatlari umuman ko‘rsatilmagan.
Shu bilan birga, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Namangan va Surxondaryoda ham xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatishdan tushumlar qolgan hududlardan ancha orqada. Ayniqsa, Sherobod, Oltinsoy, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Arnasoy, Karmana, Urgut, Guliston, Yangiyo‘l, Xiva tumanlarida turizm xizmatlari umuman ko‘rsatilmagan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Ishlarni yetarli darajada tashkil etmagani uchun:
- Qashqadaryo viloyati hokimi M.Azimovga hayfsan berildi;
- Shahrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Kasbi, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Arnasoy, Karmana, Urgut, Sherobod, Oltinsoy, Guliston, Yangiyo‘l, Xiva tumanlari hokimlari bugun ishdan olinib, o‘zgarish qilish uchun ularga uch oy sinov muddati beriladi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya kubogi. "Barselona" 116-daqiqada "Real"ga gol urib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 03:45
-
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:15 / 26.04.2025
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57 / 26.04.2025
-
Dafn marosimi va urush
Jahon | 21:30 / 26.04.2025
Mavzuga oid

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025
«Sayyohlar yo‘llar ahvolidan norozi» - mutasaddilarga «turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi

20:55 / 31.03.2025