Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziyalar 5 yil muddatga beriladi
Faoliyat litsenziyalanadigan turlarini (kichik turlarini) amalga oshirish uchun litsenziyalar ular amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanali xabariga ko‘ra, quyidagilarni amalga oshirish uchun litsenziyalar bundan mustasno:
- tibbiy faoliyat;
- farmatsevtika faoliyati;
- mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha faoliyat;
- giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat;
- tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik vositasi miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish yoki tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish faoliyati;
- ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqadan va teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlaridan foydalanish hamda ular xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat;
- neftni, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) hamda gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat;
- affinaj faoliyati.
Ushbu faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar amal qilish muddatlari faoliyat ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarda va ularning pasportlarida belgilanadi, bu muddatlar 5 yildan kam bo‘lmasligi kerak.
Lisenziya amal qilish muddati tugagach, u lisenziat arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin.
Mavzuga oid
08:50 / 06.06.2026
Markaziy bank litsenziyalash qoidalariga yangi talablarni joriy qildi
19:13 / 30.05.2026
Migratsiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi
17:45 / 01.05.2026
Barcha davlat tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich majburiy litsenziyalanadi
11:13 / 17.11.2025