O‘zbekiston | 09:33 / 23.09.2022
1463
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada parlament ko‘magida O‘zbekiston ziyorat turizmi targ‘ib qilinadi

Indoneziya parlamenti O‘zbekiston ziyorat turizmini targ‘ib qilish uchun ko‘mak ko‘rsatishga tayyor.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston Indoneziyadagi elchixonasi tomonidan ma’lum qilinishicha, Jakartada Indoneziya parlamenti vakillar palatasi parlamentlararo hamkorlik byurosi rahbari Endax Retnoastuti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Uchrashuv davomida Indoneziya parlamenti vakillar palatasi spikeri Puan Maxarani boshchiligidagi Indoneziya delegatsiyasi 6-11 sentabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi yakunlari sarhisob qilindi.

Hamkorlik yangi yo‘nalishlaridan biri sifatida Indoneziyada mamlakat parlamenti ko‘magida O‘zbekiston ziyorat turizmini ilgari surish tanlandi.

Endax Retnoastuti ma’lum qilishicha, Indoneziya birinchi prezidenti Sukarnoning 1956 yilda O‘zbekistonga tashrifi haqida hujjatli film yaratish ishlari boshlangan.

Puan Maharani 66 yil oldin O‘zbekistonga tashrif buyurgan va Imom Al-Buxoriy maqbarasini ziyorat qilgan Indoneziya birinchi prezidenti Sukarnoning nabirasidir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid