O‘zbekiston | 07:32 / 23.09.2022
7821
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida jadal o‘sish kuzatildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yil avgust oyida ko‘chmas mulk bozoridagi holatni tahlil qildi. O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozoridagi savdo hajmi yil boshidan buyon 8,5 foizga oshdi.

Foto: Kun.uz

Ko‘chmas mulk bozori tahlili shuni ko‘rsatdiki, bir oy ichida O‘zbekistonda uy-joy savdosi 30 foizga oshgan. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari buni joriy yil avgust oyida ipoteka kreditlash hajmi keskin o‘sishi bilan izohlashmoqda, bu barcha hududlarda sotuvlar ijobiy dinamikasiga ta’sir ko‘rsatdi.

2022 yil avgust oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari soni 26,5 mingtani tashkil etdi, bu joriy yilning iyul oyiga (20,3 ming) nisbatan 30 foizga (+6,2 ming) ko‘p.

Yil boshidan buyon uy-joy savdosi o‘sishi 8,5 foiz (172,7 ming)ni tashkil etdi. Avgust oyida ipoteka kreditlash hajmi iyul oyiga nisbatan 37 foiz keskin o‘sishi (1,1 trln so‘mdan 1,5 trln so‘mgacha) barcha hududlarda savdo hajmi ijobiy dinamikasiga ta’sir ko‘rsatdi.

Qoraqalpog‘istonda 2,3 barobar, Samarqand - 75 foiz va Jizzax viloyatlarida 41 foiz yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi. 2021 yil avgust oyi bilan taqqoslaganda ko‘chmas mulk oldi-sotdi bo‘yicha shartnomalar soni 22 foizga (4,7 mingta) oshdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yil avgust oyida ikkilamchi bozorda uy-joy o‘rtacha narxlari o‘sishi oyiga 0,5 foizni tashkil etdi (iyun oyida – 2,7 foiz, iyul oyida - 2,5 foiz).

Uy-joy narxi sezilarli o‘sishi Xorazm – 6,1 foiz, Qashqadaryo – 1,9 foiz va Farg‘ona - 1,8 foiz viloyatlarida kuzatilmoqda. Uy-joy narxi pasayishi Surxondaryo – 5,3 foiz, Andijon – 2,1 foiz, Sirdaryo - 1,2 foiz va Navoiy -1,1 foiz viloyatlarida qayd etildi.

Toshkent shahrida ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida narxlar o‘sishi biroz sekinlashdi va 1,4 foizni tashkil etdi (iyun oyida - 2,4 foiz, iyul oyida - 2,9 foiz). Uy-joy narxi eng katta o‘sishi Chilonzor, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida qayd etildi. Sergeli tumanida narxlar pasayishi kuzatildi.

Shu bilan birga, yil boshidan buyon poytaxtda uy-joy o‘rtacha narxlari 13 foizga (respublika bo‘yicha 7 foiz) oshdi, bu uy-joyga bo‘lgan talab , shu jumladan, chet el fuqarolari kirib kelishi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid