O‘zbekiston | 08:53 / 23.09.2022
6326
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Shri-Lanka qishloq xo‘jaligida hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston TIV rahbari Nyu-Yorkda Shri-Lanka tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasi 77-sessiyasi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Shri-Lanka tashqi ishlar vaziri Muhammad Ali Sabri bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlik bugungi holati va rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Savdo-iqtisodiy, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar BMT, ShHT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi muloqotni davom ettirish tayyorligi qayd etildi. Shri-Lanka tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston tomonidan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik va savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Savdo, investitsiyalar, sayyohlarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ikki mamlakat o‘rtasida shartnoma-huquqiy bazani kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid