Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram Apple talabi bilan rus tilidagi qator kanallarni blokladi
Pavel Durovning so‘zlariga ko‘ra, yana bir nechta kanal ogohlantirish olgan.
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov uning kompaniyasi Belarus bilan aloqador bir nechta rus tilidagi kanallarni Apple qoidalarini buzgani uchun blokladi.
«Kecha Apple talabi bilan iPhone/iPad’larda Belarus bilan aloqador bir nechta rus tilidagi kanallarni blokladik», — deb yozdi Durov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yana bir nechta ana shunday kanallar ogohlantirish olgan.
Durov kanallar ma’murlari bunday ogohlantirishlarga jiddiy qarashi va qoida buzishlar qaytarilmasligiga harakat qilishlari kerakligini ta’kidladi.
Uning ogohlantirishicha, aks holda ularning kanallari Google Play va App Store orqali tarqatiladigan Telegram versiyalarida ham bloklanadi.
«Telegram qoidalari bo‘yicha zo‘ravonlikka ommaviy ravishda chaqirish taqiqlanadi. Qayta qoida buzish kanalning o‘chirilishiga olib keladi», — deb yozdi Telegram asoschisi.
Mavzuga oid
08:36 / 12.05.2026
Telegram orqali aldangan buxgalter firibgarlarga 1 mlrd so‘m o‘tkazib berdi
18:35 / 05.05.2026
Telegram’dagi tuzoq – O‘zbekistonda Rossiya-Ukraina urushiga yollovchi shaxslar paydo bo‘lmoqda
23:06 / 22.04.2026
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
10:22 / 11.04.2026