Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada yil oxirigacha elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
Viloyatda elektromobillar ishlab chiqarish loyihasi yakuniy bosqichga kirdi.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Farg‘ona shahridagi o‘rganishlari davomida mexanika zavodi hududida joylashgan kichik sanoat zonasidagi Central Asia Motors korxonasida bo‘ldi.
Korxonada 2021-2022 yillarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan elektromobillar uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda yengil va yuk elektromobillarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha qilingan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Ushbu loyiha to‘liq yakunlansa, yillik 10 ming elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va uning 40 foizi eksportga yo‘naltiriladi. Elektromobillar uchun kuzov, zaryad stansiyasi, akkumulyator ehtiyot qismlari mahalliylashtiriladi.
Korxona bosh direktori Bahodir Ahmedov viloyat rahbariga elektromobillar ishlab chiqarish jarayonlari joriy yil yakuniga qadar boshlanishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026