Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijevskdagi maktabda otishma: qurbonlar soni 10 dan ortiq
Ijyevskdagi maktabdagi otishmada 15 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida 11 nafar bola bor. Hujum qilgan shaxs o‘zini otib o‘ldirgan.
26 sentabr tongida Ijevskdagi 88-sonli maktabga bostirib kirgan noma’lum shaxs o‘t ochdi. Hodisa tafsilotlari hozircha ma’lum emas: telegram-kanallar sinfxonalarda qamalib olgan o‘quvchilar jo‘natgan foto va videolarni tarqatgan.
15 kishi halok bo‘lgan, shundan 11 nafari maktab o‘quvchilari. Bu haqda Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi. Dastlabki xabarlarda qurbonlar orasida ikki qo‘riqchi va ikki o‘qituvchi borligi aytilgandi. 24 kishi, jumladan 20 o‘quvchi turli darajada tan jarohatlari olishgan. 9 nafar bola jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Baza nashri xabariga ko‘ra, ayrimlar yuqori qavatlardan sakrash vaqtida jarohatlangan.
Baza maktabdan evakuatsiya jarayoni aks etgan videoni ham namoyish etdi; unda qutqaruvchilar yarador o‘quvchilarni olib chiqayotgani, politsiyachilar odamlarni maktab atrofidan uzoqroqda turishga chorlayotganini ko‘rish mumkin.
Udmurtiya rahbari Aleksandr Brechalov 29 sentabr kunini respublikada motam kuni deb e’lon qildi.
IIV ma’lumotiga ko‘ra, hujum qilgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan. Baza ma’lumotiga ko‘ra, u natsistcha ramzlar aks etgan qora kiyimda bo‘lgan (bu ma’lumotni keyinroq Tergov qo‘mitasidagilar ham tasdiqladi) va ikkita Makarov to‘pponchasi bilan qurollangan (tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bu travmatik qurol bo‘lishi mumkin). Soat 12:20 atrofida Tergov qo‘mitasi gumonlanuvchi jonsiz holda yotgan videoni namoyish etdi, tasvirlarda uning kiyimida svastika belgisi borligini ko‘rish mumkin.
Soat 13 atrofida Tergov qo‘mitasi gumonlanuvchining shaxsini ma’lum qildi — bu 1988 yilda tug‘ilgan, 88-maktabni tamomlagan Artyom Kazansev. «Ayni vaqtda Rossiya Tergov qo‘mitasi tergovchilari uning yashash manzilida tekshiruv o‘tkazishmoqda, uning shaxsi, qarashlari va atrofidagilar o‘rganilmoqda. Uning neofashistik qarashlar va natsistik mafkurasi tarafdori ekani tekshiriladi», — deyiladi Tergov qo‘mitasi bayonotida.
Udmurtiya rahbari Aleksandr Brechalov Artyom Kazansev ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgani haqida xabar berdi. «112» telegram-kanali ma’lumotiga ko‘ra, u muqaddam sudlanmagan va ma’muriy javobgarlikka ham tortilmagan.
Baza ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchining to‘pponchalarida 1999 yilda Amerrikadagi «Kolumbayn» maktabida 13 kishini o‘ldirgan Erik Harris va Dilan Kliboldning ismlari, shuningdek Columbine yozuvi aks etgan breloklar (zanjirli jyevakcha) bo‘lgan. Qurol magaziniga «nenavist» (nafrat) yozuvi tushirilgan. RF hukumati Rossiyada «Kolumbayn» nomi ostida «terrorchilik harakati» mavjud deb hisoblaydi.
Bu bir kun ichida Rossiyada o‘qotar qurol qo‘llanishi bilan bog‘liq ikkinchi holat bo‘ldi. Ijyevskdagi voqeadan biroz avvalroq Irkutsk oblastining Ust-Ilimsk shahrida qurollangan shaxs harbiy komissariat binosida sht ochib, harbiy komissarni jarohatlagandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ijyevsk shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan prezident Vladimir Putinga ta’ziya yo‘lladi. O‘zbekiston rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.
Mavzuga oid
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
08:47 / 19.05.2026
San-Diyegodagi masjidda otishma: besh kishi halok bo‘ldi
09:26 / 05.05.2026