O‘zbekiston | 17:45 / 29.09.2022
13189
1 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Berlinda vatandoshlarning «O’zbekistonlik» birinchi forumi bo‘lib o‘tadi

Foto: Uzbekistan’s Club

1 oktyabr kuni Berlinda vatandoshlarning «O’zbekistonlik» birinchi forumi bo‘lib o‘tadi. Forum butun dunyodagi iqtidorli o‘zbekistonliklarni birlashtiruvchi hamda vatandoshlar va vatan o‘rtasidagi yangi ko‘prik bo‘luvchi Uzbekistan’s Club loyihasiga start beradi.

Forumga Yevropadagi vatandoshlar, nemis diplomatlari va biznesmenlari hamda O‘zbekistondagi taniqli OAV va blogerlar delegatsiyalari taklif etilgan.

Forumda Orolbo‘yi mintaqasiga jahon hamjamiyati e’tiborini jalb etishga qaratilgan Aral Dream xalqaro PR-dasturi taqdimoti o‘tkaziladi.  

Germaniyadagi Uzbekistan’s Club ijodiy guruhi tomonidan suratga olingan «O’zbekistonlik» filmining ikkinchi qismi premerasi asosiy voqea bo‘ladi. Filmni Youtube va «Mening Yurtim» telekanali orqali 1 oktyabr soat 21.00da tomosha qilish mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid