Bu Uzbekistan’s Club kreativ jamoasining mana şunday global miqyosdagi ikkinçi forumi sanaladi. «O‘zbekistonlik» birinçi forumi 2022 yil 1 oktabr kuni Germaniya poytaxti Berlin şahrida bölib ötgandi.

Parij forumida dunyoning turli burçaklarida katta muvaffaqiyatga erişib, jahon toifasidagi professionallarga aylangan 200dan ortiq vatandoşlarimiz, Özbekistondan taşrif buyurgan kreativ va media sanoatining yetakçi vakillari iştirok etişdi. «O‘zbekistonlik. Generating Ideas»xalqaro forumining maqsadi - xorijda muvaffaqiyatga erişgan özbekistonliklar örtasida global netvorking maydonini yaratiş, Özbekiston taraqqiyotiga xizmat qilişi lozim bölgan muhim masalalarda fikr almaşişdan iborat. Şu maqsadda forum davomida inson kapitalini rivojlantiriş, ekologiya va yaşil iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar va kreativ sohalar kabi mavzularda muhokamalar paneli bölib ötdi.

Forumda “O‘zbekistonlik” filmining uçinçi qismi premerasi bölib ötdi. Muvaffaqiyatga erişgan vatandoşlarimiz hayotidan hikoya qiluvçi filmning navbatdagi epizodida Strasburg filarmoniya orkestri badiiy rahbari va dirijyori Aziz Şohakimov va Shell kompaniyasi IT-arxitektori Madina Berdiyevaning hikoyalari namoyiş etildi. Epizodning ommaviy premerasi 26 aprel kuni soat 18:00 da YouTube va My5 telekanali orqali bölib ötadi.

Forum oçilişida sözga çiqqan Özbekistonning Fransiya va Portugaliyadagi Favqulodda va muxtor elçisi Sardor Rustamboyev loyihani qöllab-quvvatlaşini, bu o‘zbekistonlik yoşlar uçun katta motivatsiya maydoniga aylanganini ta’kidladi va jamoaga omad tiladi.

Forumning eng asosiy mavzularidan biri Orolböyi mintaqasi muammolari va tobora yöqolib borayotgan Orol dengizi haqida böldi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va Aral Dream nodavlat notijorat taşkiloti jamoasi tomonidan tayyorlangan Orolböyi muammolari girdobida yaşayotgan qoraqalpoğistonliklarga bağişlangan “Tuz içidagi ayol” turkum loyihalari taqdimoti bölib ötdi. Loyiha qoraqalpoğistonlik ayollar portreti, qisqa metrajli film va Orol dengizidan ilhomlanib tayyorlangan modalar körgazmasini öz içiga oladi. “Tuz içidagi ayol” loyihasining maqsadi iqlim özgarişi va uning Orolböyi mintaqasida yaşovçi ayollar hayotiga ta’siriga jahon hamjamiyatining e’tiborini jalb qilişdan iborat. Qisqa metrajli filmning onlayn premerasi 25 aprel kuni araldream.com saytida bölib ötadi.