Bugungi kunda xorijiy mamlakatlarda minglab özbekistonlik yurtdoşlarimiz istiqomat qilib, öz kareralarini yuritişmoqda. Ular, tabiiyki, Özbekistonni va özbekistonliklarni soğinadi, qömsaydi. Öz tilida, öz yurtida tuğilib ösgan insonlar bilan suhbatlaşişni, fikr almaşişni xohlaydi. Aynan mana şunday qiyinçiliklarga barham beriş uçun Uzbekistan’s Club loyihasi bugungi kunda öz faoliyatini olib bormoqda. Uzbekistan’s Club – xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozonib kelayotgan özbekistonliklarni bir yerga jamlaş maqsadida yaratilgan jahonşumul platforma bölib, unda eksklyuziv va yuqori sifatli, ta’sirçan kontentlar yaratiladi. Ularni işlab çiqişdan maqsad yoşlarga iştiyoq ulaşiş, ularga jahon toifasidagi mutaxassis bölib yetişişda yölçi yulduz bölib xizmat qiliş.

Bugungi kunga qadar loyiha doirasida bir qator ruknlar ostida turliça mavzu va yönalişlarga bölingan holda videofilm va körsatuvlar suratga olingan va ular hamon davom etmoqda. "Özbekistonlik", "Özbekistonlik Podcast" va "Özbekistonlik.Studens" şular jumlasidan.

"Özbekistonlik"

"Özbekistonlik" – xorijdagi vatandoşlar hayoti, ularning muvaffaqiyatlari haqidagi uç epizoddan iborat badiiy-hujjatli film bölib, unda hayotiy voqealar aks etadi, qahramonlar esa bevosita özbekistonliklardir. Hozirga qadar filmning törtta epizodi tomoşabinlar e’tiboriga havola qilingan. Uşbu filmlar orqali özbekistonlik deganda ikkinçi darajali işni bajaruvçi şaxs degan stereotipni yengiş va özbekistonliklar aqliy salohiyatda heç kimdan kam emasligini anglaşingiz mumkin.

"Özbekistonlik.Studens"

Uzbekistan’s Club jamoasining yana bir loyihasi – "Özbekistonlik.Studens" maxsus loyiha bölib, u dunyoning maşhur oliygohlarida tahsil olayotgan özbekistonlik talabalar haqida hikoya qiladi. Ularning ta’lim manzili "Oksford", "Kembrij", "Bristol" va boşqalar. Har bir qahramon özining oliy maqsadi yölidagi qiyinçiliklari, quvonçli onlari va orzulari haqida batafsil ma’lumot beradi. Şuningdek, loyiha qahramonlari dunyoning nufuzli universitetlariga qanday kiriş kerakligi, qanday imtihonlardan ötiş kerakligi, qanday stipendiya oliş kerakligi va öqiş davomida qanday qiyinçiliklarni boşdan keçiriş mumkinligi haqida hikoya qilib beradi.

"Uzbekistan’s Club" jurnali

Ötgan yilning 18 oktabr kuni Londonda "Özbekistonlik" III xalqaro forumi ötkazilib, unda “Uzbekistan’s Club” jurnali taqdimoti bölib ötgan. “Uzbekistan’s Club” jurnalining ilk sonida tahririyat versiyasiga köra köplab özbekistonliklar qiziqişiga sabab bölgan eng progressiv özbekistonliklarning top-20 taligi e’lon qilingandi. Keyinçalik bunday röyxat millatning şu nomga eng munosib vakillarini aniqlaş va ularning faoliyatiga jamoatçilik e’tiborini jalb qiliş uçun muntazam tuzib borilişi ma’lum qilingan. Jurnalning yana bir trendi – ESG (atrof-muhit, jamiyat va hissadorlar oldidagi mas’uliyat) konsepsiyasini ommalaştiriş bölib, buning uçun tahririyat ijtimoiy mas’uliyatli bizneslarning kuçli yettiligini tuzgan hamda tahririyat versiyasiga köra şu röyxatdan joy olgan eng yaxşi loyihalarni jurnalning birinçi sonida e’lon qilgan.