O‘zbekiston | 16:04 / 01.10.2022
8768
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda Koreya yong‘in o‘chirish texnika va texnologiyalari joriy etiladi

Foto: Dunyo

Sirdaryo viloyati Janubiy Koreya bilan yong‘in xavfsizligi sohasida hamkorlikni faollashtiradi.

O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Janubiy Koreyaning Inchxon shahri yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bosh komissari Xo Sok-gon boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Doniyor Madirimov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Uchrashuv doirasida yong‘in xavfsizligi sohasida o‘zaro tajriba almashish, xodimlar malakasini oshirish, qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari, mahorat darslari va treninglar olib borish bo‘yicha memorandum imzolashga kelishildi.

Hamkorlik doirasida tomonlar ijtimoiy soha, iqtisodiyot tarmoqlari va sanoat korxonalari, ko‘p qavatli aholi turar joylari yong‘inga qarshi muhofazasini mustahkamlashi, zamonaviy yong‘in o‘chirish texnika va texnologiyalarini amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid