Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 09:38 / 04.10.2022
8257
2 daqiqa o‘qiladi
«Yoshlar daftari» kiritilganlarga ko‘rsatiladigan yordam turlari aytildi
“Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga ayrim yordam turlari ko‘rsatiladi.
Foto: Shutterstock
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga bir qator yordam turlari ko‘rsatiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozyapti.
Qayd etilishicha, ushbu yordam turlari quyidagilardan iborat:
- moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam (BHM 4 baravarigacha – 1,2 mln so‘mgacha) beriladi;
- yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlar 75 foizigacha qismi (bir oygacha BHM 4, bir oydan ikki oygacha BHM 8, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun BHM 12 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi) qoplab beriladi;
- tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlarga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joy 12 oygacha ijara xarajatlari bir yilda 30 foizi, biroq BHM 25 baravarigacha (7,5 mln so‘mgacha) bo‘lgan qismi qoplab beriladi;
- respublikadagi professional ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan, O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistratura kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlari bir qismi qoplab beriladi;
- yoshlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkiloti 3 oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHM 50 baravarigacha (15 mln so‘mgacha) miqdorda qoplab beriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
11:10 / 27.02.2026
“Yoshlar daftari”ga kirish mezonlari qayta ko‘rib chiqildi
12:30 / 29.12.2025
Bo‘stonliqda tog‘da qolib ketgan 3 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatildi
14:09 / 21.11.2025
“Yoshlar daftari”dagi faol bo‘lgan 1 ming nafar yoshlarga har yili pul mukofoti beriladi
11:20 / 21.11.2025