Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda oligarxik kapitalizm davriga nuqta qo‘yiladi - To‘qayev
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qarag‘anda oblasti jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvda yangilangan konstitutsiya asosida muhim siyosiy institutlar qayta ishga tushirilishi, barcha fuqarolarning farovonligi yo‘lida xizmat qiladigan ochiq va raqobatbardosh iqtisodiy tizim yaratilishini ta’kidladi.
To‘qayev Qozog‘istonda oligarxik kapitalizm davriga nuqta qo‘yilishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
«Davlat mamlakatda faoliyat olib borayotgan va qazilma boyliklari bilan shug‘ullanayotgan barcha yirik kompaniyalar faoliyatini sinchiklab kuzatadi. Biz kapital xorijga noqonuniy olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Ularning turli ijtimoiy loyihalarni qanday amalga oshirayotganini kuzatib turamiz.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ekologiyani himoya qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Soliq to‘lovlari alohida nazoratga olinadi. Agar yirik sanoat korxonalari bu talablarga javob bermasa, biz hamkorlikni tugatishga majbur bo‘lamiz. Bu aslo tahdid emas, balki butun sivilizatsiyalashgan dunyoda umumqabul qilingan oddiy, halol va adolatli ishlash qoidalaridir.
Qozog‘istonda oligarxik kapitalizm davri tugab, mamlakat fuqarolari oldidagi ijtimoiy mas’uliyat davri boshlanmoqda. Fuqarolarimizga mamlakat iqtisodiyotida yetakchi o‘rinni tutgan samarali va ijtimoiy mas’ul biznes kerak», — degan To‘qayev.
O‘zining chiqishi yakunida Qozog‘iston rahbari mamlakat yangi siyosiy davrga kirayotganiga ham urg‘u bergan.
«Yangilangan konstitutsiya asosida muhim siyosiy institutlar qayta ishga tushiriladi, barcha fuqarolarning farovonligi yo‘lida xizmat qiladigan ochiq va raqobatbardosh iqtisodiy tizim yaratiladi. Biz bu borada endigina dastlabki qadamlarni qo‘ydik. Oldimizda sud tizimi, huquq-tartibot organlarini tubdan isloh qilish vazifasi turibdi. Natijada qonunga itoatgo‘ylik va huquqiy tartibot hayotimizga baho beruvchi bosh mezonga aylanadi. Qadriyatlarni qayta baholashga erishishimiz lozim, mehnatsevarlik bosh planga chiqishi kerak», — degan To‘qayev.
Mavzuga oid
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
00:26 / 08.06.2026
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
20:11 / 01.06.2026