Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, navbat kutish vaqti ikki-uch sutkagacha yetishi mumkin. Haydovchilar chegaradan tezroq o‘tish uchun 10 ming rubl atrofida pul to‘lash talab qilinayotganini aytishgan.
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida yuzlab avtomobillar tirbandlikda qoldi, deb xabar berdi Shot.
Xabar qilinishicha, tirbandlik Aqto‘be va Orenburg o‘rtasida joylashgan chegara o‘tkazish punktida yuzaga kelgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, navbat kutish vaqti ikki-uch sutkagacha yetishi mumkin. Haydovchilar chegaradan tezroq o‘tish uchun 10 ming rubl atrofida pul to‘lash talab qilinayotganini aytishgan.
Qayd etilishicha, eng uzoq tekshiruvlar O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kelayotgan yuk mashinalariga nisbatan amalga oshirilmoqda.
“Aqto‘be viloyatidagi «Jaysan» avtomobil o‘tkazish punktida Qozog‘iston va Rossiya chegarasida yuzaga kelgan yuk avtomobillari navbati qo‘shni tomonning transport vositalarini qabul qilish sur’ati pasaygani bilan bog‘liq.
O‘tkazish punktlari o‘rtasidagi nomutanosiblik muammoning sabablaridan bittasi hisoblanadi: “Jaysan” avtomobil o‘tkazish punktida 4 ta harakat yo‘lagi faoliyat ko‘rsatmoqda, qo‘shni “Sagarchin” o‘tkazish punktida esa 2 ta harakat yo‘lagi ishlamoqda”, deb ma’lum qilgan Qozog‘iston moliya vazirligi davlat daromadlari qo‘mitasi matbuot xizmati.
Mavzuga oid
10:10
Kiyev va Xarkiv yana hujum ostida: jabrlanganlar bor
09:50
Monetochkaga Rossiyada bir yillik koloniya jazosi tayinlandi
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
17:54 / 07.07.2026