Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda 14 yoshli bola mashina boshqarib 15 yoshli qarindoshining o‘limiga sabab bo‘ldi
Sho‘rchi tumanida yashovchi 14 yoshli bola Nexia mashinasini boshqarib YTH sodir etgan. Oqibatda uning yonida bo‘lgan 15 yoshli amakivachchasi vafot etgan.
Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 9 oktyabr kuni soat 1:00 larda Sho‘rchi tumani hududidan o‘tgan yo‘lda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
2008 yilda tug‘ilgan 14 yoshli bola Nexia mashinasi bilan Sho‘rchi tumani Yoshg‘ayrat mahallasi hududida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan.
Oqibatda, mashinada bo‘lgan qoidabuzar bolaning amakivachchasi, 2007 yilda tug‘ilgan bola og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, viloyat IIB YHXB va Sho‘rchi tumani IIB YHXB xodimlari ishtirokida bolalar ta’lim olgan maktabda hodisa yuzasidan muhokama o‘tkazilgan. Muhokamada o‘quvchilarning transport vositalarini boshqarishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi tushuntirilgan.
Avvalroq, Namanganda maktab o‘quvchisi «Jiguli»da tengdoshini bosib ketib, uning o‘limiga sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
09:23 / 24.03.2026
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
22:00 / 15.03.2026
Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi
20:56 / 14.03.2026