O‘zbekiston | 09:50 / 14.10.2022
9893
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi hay’ati a’zolari tarkibi tasdiqlanadi

“Qishloq xo‘jaligi vazirligi hay’ati a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi hay’at a’zolarining soni 13 (o‘n uch) kishidan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yiladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi hay’ati quyidagi tarkibda tasdiqlanadi:

  • Voitov Aziz Botirovich — vazir
  • lavozimi bo‘yicha — vazirning birinchi o‘rinbosari
  • Mirzayev Shuhrat Shaxabutdinovich — vazir o‘rinbosari
  • Ruzmetov Maksud Ismoilovich — vazir o‘rinbosari
  • Yuldashev Qaxramon Anvardjanovich — vazir o‘rinbosari
  • lavozimi bo‘yicha — vazir o‘rinbosari — Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i
  • Turayev Alisher Melsovich — vazir o‘rinbosari — Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori
  • Shukurov Alisher Nematullayevich — vazirning iqtisod, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
  • Abdualimov Eshmirza Uralovich — vazirning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi
  • Burxanov Ulug‘bek Muradillayevich — Yuridik boshqarma boshlig‘i
  • Artikov Zafar Boltabayevich — Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i
  • Karimov Xusniddin Muminovich — Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori
  • Ziyadullayev Zoxidjon Fayzullayevich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri

Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi vazirligi hay’ati a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 14 oktyabrdagi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid