Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobilsozlikdagi inqiroz 2025 yilgacha bartaraf etilmaydi
Foto: AP
Dunyoda avtomobil ishlab chiqarish sohasi 2025 yilda ham avvalgi mavqeyini tiklab olmaydi.
Boston Consulting Group (BCG) ma’lumotlariga ko‘ra, sohadagi eng yuqori ko‘rsatkichga 2017 yilda erishilgan va 95 million avtomobil ishlab chiqarilgan edi.
BCG mutaxassislari hisob-kitobiga ko‘ra, 2022 yilda dunyoda 79 million dona, 2023 yilda esa 83 million dona avtomobil ishlab chiqarilishi kutilmoqda. 2025 yilda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 88 million donaga yetishi kutilmoqda.
BCG ma’lumotlariga ko‘ra, yarimo‘tkazgichlar bilan bog‘liq inqiroz tufayli paydo bo‘lgan avtomobillar taqchilligi 2024 yil boshida bartaraf etiladi.
2022 yilning birinchi yarmida jahon bozorida avtomobillar taqchilligi 3,5 million donaga baholandi, uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2,5 millionga tushib qoldi.
BCG hisob-kitobiga ko‘ra, 6-12 oy ichida avtomobillarga bo‘lgan talab pasayishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
11:30 / 04.12.2025
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar: eng ko‘p Hindiston va Turkmaniston fuqarolari
09:59 / 04.12.2025
Navoiy viloyati aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
10:06 / 03.12.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilayotgan davlatlar ma’lum qilindi
14:35 / 02.12.2025