Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona va Inchon o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar ochiladi
Janubiy Koreya biznes vakillari Farg‘ona viloyati bilan hamkorlikni faollashtirmoqda.
O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lgan Koreya-O‘zbekiston ishbilarmonlar uyushmasi (KIUF) boshqaruvi raisi Kim Chan Keon Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi. Suhbatdoshlar Farg‘ona viloyatida ikki tomonlama muhim loyihalar amalga oshirilishi bilan tanishdi. KIUF va Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda Inchon shahri meri Yu Chon Bokning Janubiy Koreya ishbilarmon doiralari vakillari hamrohligida Farg‘ona viloyatiga bo‘lajak tashrifi muhokama qilindi. Rejalashtirilgan tashrif doirasida Inchon shahri hokimligi va Farg‘ona viloyati hokimligi o‘rtasida o‘zaro birodarlik munosabatlari to‘g‘risidagi bitim imzolanishi hamda Farg‘ona va Inchon shaharlari xalqaro aeroportlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni ochish masalasi muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Tomonlar O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgani 30 yilligini nishonlash doirasida ikki tomonlama madaniy hamkorlik va o‘zaro almashuvni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi. Janubiy Koreyadagi eng yirik simfonik orkestrlardan biri – Koreya estrada orkestri joriy yilda Farg‘ona viloyatiga o‘z dasturi bilan kelishi rejalashtirilgani qayd etildi.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026