Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Misr paxtachilik sohasida hamkorlik o‘rnatadi
O‘zbekiston vakillari Misrning paxtachilikka ixtisoslashgan Xalqaro o‘quv markazida tajriba oshiradi.
O‘zbekiston elchisi Mansur Qilichev Iskandariya shahrida joylashgan Misr paxtachilikka ixtisoslashgan Xalqaro o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Bundan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va Misr paxta sanoati idoralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish va ICTC huzuridagi yangi kasb ta’limi dasturlari bo‘yicha o‘zbekistonlik mutaxassislar bilim, malaka va ko‘nikmalarini oshirishi uchun amaliyot o‘tashini ta’minlash masalalarini muhokama qilish bilan izohlanadi.
Diplomatiya missiyasi rahbari ICTC raisi Muhammad Halil Xidr bilan uchrashuv chog‘ida tashkilot laboratoriyalari va ICTC faoliyati bilan tanishdi. ICTC rahbari aytishicha, 1965 yilda tashkil etilgan ushbu markaz asosiy maqsad va vazifalari dunyoga mashhur, uzun, mustahkam tolali Misr paxtasi sifatini saqlash, uning zararlanishi oldini olishdan iborat.
Markazda Osiyo va Afrika mamlakatlari mutaxassislari uchun ICTC huzurida 7-30 kunlik pulli o‘quv kurslari tashkil etiladi. Ularda paxta navlarini ajratish va klassifikatsiya qilish, namunalar asosida maxsus tekshiruvlar o‘tkazish, namlikni aniqlash, tozalash, zararkunandalarga qarshi kurashish, yigiruv va to‘quv mahsulotlari sifatini belgilash, paxta vaznini o‘lchash, marketingini amalga oshirish, eksportiga oid masalalar va boshqa dolzarb dasturlar bo‘yicha kasbiy ta’lim va malaka oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.
Misrda paxta yig‘imi oktabr-yanvar oylariga to‘g‘ri kelgani bois, eng maqbul va samarali o‘quv kurslari ushbu muddatda tashkil etilishi ta’kidlandi. Muhammad Xidr O‘zbekiston bilan paxta sohasida hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi.
Uchrashuv natijasida tomonlar bir guruh o‘zbekistonlik mutaxassislarning ICTC bir oylik o‘quv kurslarida ishtirok etishini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Mavzuga oid
08:19
Misr «Yangi Nil»ni barpo etmoqda: ulkan loyiha mamlakat kelajagini o‘zgartira oladimi?
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
09:57 / 12.05.2026