Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida harorat pasayib, yog‘ingarchilik kuzatiladi
Bugun O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yidan Rossiya Yevropa qismi (Moskva oblasti) markaziy hududlari ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kun davomida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimolda va cho‘l hududlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kunduz kuni havo harorati 20-25 daraja issiqdan oshmaydi.
Ertaga Turkmanistondan bulutlarning keyingi qismi kirib kelishida janubiy markaziy va sharqiy tumanlarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Respublika barcha hududlari bo‘yicha shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 5-10 darajagacha pasayadi, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Chorshanba kuni respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarning ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 5-8 darajagacha iliq, shimolda ba’zi joylarda 0-2 darajagacha sovuq, kunduzi 13-18 daraja iliqqacha pasayadi.
Payshanba va juma kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Kechalari havo harorati minimal darajaga yetadi va 3-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi, quyosh nurlari isitishi natijasida kunduz kunlari 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Mavzuga oid
12:27 / 26.06.2026
Hafta oxirida o‘zgaruvchan havo kuzatiladi
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
11:37 / 22.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
09:15 / 22.06.2026