Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Malayziya ikki sohada magistratura ta’lim dasturini ishlab chiqadi
Buxoro viloyati va Malayziya oliy o‘quv yurtlari istiqbolli ta’lim dasturlarini birgalikda amalga oshiradi.
Amaliy safar bilan Malayziyaga borgan Buxoro viloyati hokimligi delegatsiyasi Menejment va ilm-fan universiteti (Management and Science University – MSU) hamda Sunway universiteti rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuvlarda 2021 yilda Buxoro davlat universiteti bilan imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni amaliy amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Biznes boshqaruvi va turizmni boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha ikki tomonlama diplom (O‘zbekistonda 1 yil, Malayziyada 1 yil o‘qish) berish bo‘yicha magistratura ta’lim dasturini ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Tomonlar 2023 yilda talabalar almashuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va ikki mamlakat OAVda maqolalar chop etish, MSU rahbariyatining O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etish rejalarini belgilab oldi.
Uchrashuv davomida BuxDU va Sunway universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Hujjat professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini rivojlantirish, talabalar uchun «yozgi maktablar», STEM fanlari bo‘yicha laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashishni nazarda tutadi.
Universitetlar o‘rtasida yuqoridagi loyihalarni ishlab chiqish maqsadida, «Turizm va mehmondo‘stlik», «Axborot texnologiyalari», «Biokimyo», «Sun’iy intellekt» mutaxassisliklari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash uchun qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari va ehtiyojlarini o‘rganish yuzasidan ishchi guruh tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
08:18 / 05.05.2026