Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Malayziya «Umra+» tizimini birgalikda targ‘ib qiladi
Malayziya va Buxoro viloyati sayyohlik kompaniyalari o‘zaro hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
Buxoro viloyati hokimligi delegatsiyasining Malayziyaga amaliy safari doirasida O‘zbekiston elchixonasida mamlakat ziyorat turizmi salohiyati taqdimoti va ikki davlat turoperatorlari ishtirokida V2V formatidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda Malayziyaning Bumitra musulmon turoperatorlari uyushmasi prezidenti Xarun Axmmu, Malayziya Sayyohlik kompaniyalari va turoperatorlari uyushmasi (MATTA) prezidenti o‘rinbosari Moxd Oqil Bin Moxd Yusuf, 30 dan ortiq malay sayyohlik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Malayziya tomoni O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishlari va paketlarini, jumladan, «Umra+» sayyohlik tizimini birgalikda targ‘ib qilishga tayyor ekanini bildirdi.
O‘zbekiston tomoni 2023 yil mart oyida Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yirik Malayziya chiqish turizmi MATTA Fair xalqaro yarmarkasida ishtirok etish uchun taklif etildi.
Mavzuga oid
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
08:18 / 05.05.2026