Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi o‘tkaziladi
1-3 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan haftalikda ziyorat turizmini rivojlantirishga doir ko‘rgazmalar, seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etiladi.
1–3 noyabr kunlari O‘zbekistonda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi ma’lum qildi.
“Xalqaro haftalikdan ko‘zlangan asosiy maqsad – mamlakatda ziyorat turizmi salohiyatini yuzaga chiqarish, O‘zbekistonni jahon sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida tanitish, jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirofga sazovor bo‘lish, shuningdek, ziyorat turizmi xizmatlarini diversifikatsiya qilish va turizm eksportini oshirishdan iborat.
Turizm haftaligi Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilmoqda”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, haftalik doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish, mavzuga oid suvenirlarni targ‘ib etishga qaratilgan ko‘rgazmalar, seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.
Haftalik dasturidan Samarqand shahridagi yangi “Ipak yo‘li” turistik markazining ochilishi, “Xiva – islom olami turizmi poytaxti” mavzusiga bag‘ishlangan Xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmasi, “Jahon ustalari” yarmarkasi va boshqa tadbirlar o‘rin olgan.
Mavzuga oid
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
21:07 / 28.05.2026