O‘zbekiston | 12:27 / 25.10.2022
4617
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston chetdan 513 mln dollarlik bug‘doy sotib oldi

Oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan mahsulotlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: slovoidilo.ua

O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymatida bug‘doy yetakchilik qilyapti – 513 mln AQSh dollari.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan mos ravishda 351 mln AQSh dollari hamda 204 mln AQSh dollari sarflangan shakarqamish va margarin mahsulotlari joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • qoramol go‘shti – 163 mln AQSh dollariga;
  • o‘simlik yog‘i – 160 mln AQSh dollariga;
  • bug‘doy uni – 95 mln AQSh dollariga;
  • kakao va shokolad – 86 mln AQSh dollariga;
  • kartoshka – 60 mln AQSh dollariga;
  • sut mahsulotlari – 60 mln AQSh dollariga;
  • bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 55 mln AQSh dollariga;
  • banan – 40 mln AQSh dollariga;
  • choy – 34 mln AQSh dollariga;
  • parranda go‘shti – 33 mln AQSh dollariga;
  • makkajo‘xori – 24 mln AQSh dollariga;
  • qahva – 23 mln AQSh dollariga;
  • qandolat mahsulotlari – 21 mln AQSh dollariga.

Mavzuga oid