Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari asosan Qozog‘istondan olib kirilmoqda
Oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Qozog‘iston birinchi o‘rinni egalladi – 36,2 foiz.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan mos ravishda 24 foiz hamda 14,7 foiz oziq-ovqat mahsulotlari olib kelingan Rossiya va Braziliya joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Belarus – 4,3 foiz;
- Pokiston – 2,2 foiz;
- Ekvador – 1,6 foiz;
- Xitoy – 1,6 foiz;
- Turkiya – 1,4 foiz;
- Hindiston – 1,2 foiz;
- Malayziya – 1 foiz;
- boshqa davlatlar – 11,8 foiz.
Mavzuga oid
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
18:26 / 01.05.2026
Trampning o‘g‘illari Qozog‘iston volframiga sarmoya kiritdi
21:43 / 23.04.2026
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berishni boshlashi mumkin
22:09 / 22.04.2026