Jahon | 16:03 / 25.10.2022
23108
2 daqiqa o‘qiladi

Rishi Sunak rasman Buyuk Britaniya bosh vaziriga aylandi

Rishi Sunak Buyuk Britaniyaning hisob bo‘yicha 57-bosh vaziri bo‘ldi.

Foto: Getty Images

25 oktyabr kuni kunduzi Sunak qirol Charlz III bilan uchrashdi, qirol undan hukumatning yangi tarkibini shakllantirishni so‘radi.

BBC News xabar berishicha, bundan oldinroq Bukinghem saroyiga Liz Trass tashrif buyurgan va monarxni Britaniya bosh vazirligidan iste’fo bergani haqida xabardor qilgan.

  • Sobiq moliya vaziri, 42 yoshli Rishi Sunak — yil davomida Britaniya hukumati rahbarligidagi uchinchi bosh vazir bo‘lmoqda, u so‘nggi ikki asrda Buyuk Britaniya tarixidagi eng yosh hukumat rahbaridir.
  • 2022 yil iyulida davomli mojarolar ortidan uch yil davomida Britaniya bosh vaziri bo‘lib kelgan Boris Jonson iste’foga chiqqandi. Sentyabr oyida Konservativ partiyadagi saylov natijalariga ko‘ra sobiq tashqi ishlar vaziri Liz Trass Buyuk Britaniya hukumatining yangi rahbariga aylandi. Trass bosh vazirligida e’lon qilgan iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi va u hokimiyatga kelganidan 45 kun o‘tib iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.
  • Konservativ partiyaning 24 oktyabr kuniga belgilangan navbatdagi saylovlarini o‘tkazishga hojat qolmadi, chunki Rishi Sunak bosh vazirlik uchun yagona nomzod bo‘lib qoldi. Undan oldinroq Jamoatlar palatasi raisi Penni Mordont Sunakning foydasiga o‘z nomzodini qaytarib olgandi.
  • Rishi Sunak 2015 yilda ilk bor Buyuk Britaniya parlamentiga (Jamoatlar palatasi) deputat bo‘lgan. Uch yil o‘tib u Tereza Mey hukumatida vazir yordamchisi lavozimini egallagan. 2019 yil iyulida uni Boris Jonson hukumatida g‘aznachilik bosh kotibi etib tayinlashadi. 2020 yil fevralidan esa Sunak Britaniya moliya vazirligini boshqarishga kirishadi.

Mavzuga oid