Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil AQShga Eron dronlari haqidagi ma’lumotni topshirdi
Isroil prezidenti Itsxak Gersog, uning o‘z ma’lumotlariga ko‘ra, AQShga Eron uchuvchisiz uchoqlari Rossiya tomonidan Ukrainada qo‘llanganini isbotlovchi razvedka ma’lumotlarini taqdim etgan.
«Eron qurollari bizning dunyomizni beqarorlashtirishda muhim rol o‘ynaydi», deya ma’lum qildi Gersog Vashingtonga tashrifi chog‘ida.
Uning fikricha, xalqaro hamjamiyat «saboq olishi» hamda Eron bilan «yagona, qattiq va murosasiz tilda» gaplashishi kerak.
Shunga qaramay, Isroil hozircha Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishdan o‘zini tiyib turadi va unga «temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimini yetkazib berishga tayyor emas.
Bundan oldin Ukraina rasmiy ravishda Isroildan Rossiya tomonidan ishlatilayotgan Eron hujumchi uchuvchisiz uchoqlari va kelajakda ballistik raketalariga qarshi turishga imkon beradigan havo hujumidan mudofaa tizimlarini so‘ragandi.
Hujjatda Kiyev so‘ragan qurollar orasida Iron Beam, Barak-8, Patriot, Iron Dome, David's Sling va Arrow Interceptor tizimlari nomi keltirilgan.
Rossiyaning Eronda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchoqlar yordamida Ukrainadagi shaharlar va fuqarolik infratuzilmalariga qarshi yangi hujum usulini qo‘llagani ta’kidlangan hamda OAVda Erondan Moskvaga Fateh va Zolfagar raketalari yetkazib berilgani haqida xabarlar keltirilgani aytilgan.
Avvalroq Isroil mudofaa vaziri Beni Gans uning mamlakati Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishni hamon rad qilayotganini aytgandi. Gans Isroil Ukrainaga faqat tibbiy va gumanitar yordam ko‘rsatayotganini va kelajakda ham shunday qilishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
13:35 / 18.06.2026