O‘zbekiston | 15:16 / 26.10.2022
15095
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostonaga boradi

O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo - YeI” sammitida nutq so‘zlaydi va Toshkentda Yevropa kengashi prezidentini qabul qiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun 27 oktabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.

Tadbirda Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel va mintaqa mamlakatlarining yetakchilari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Sammit kun tartibiga muvofiq, siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sheriklik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Shu kun kechasi Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

28 oktabr kuni O‘zbekiston va YeI o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Mamlakatning Yevropa Ittifoqi bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorligiga oid masalalarning keng doirasi ko‘rib chiqiladi. 

Oliy martabali mehmon O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Samarqand shahriga tashrif buyuradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid