Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiy davlatlar tashkiloti qo‘shma investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar vaziri Jamshid Xo‘jayev Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) bosh kotibi Bag‘dod Amreyev bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida joriy yil noyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti birinchi sammiti va TDT iqtisodiyot va savdo vazirlari 11-yig‘ilishini nazarda tutgan holda yirik tadbirlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Tashkilot doirasida savdo, investitsiyaviy va moliya sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzolash va uni Toshkent shahrida joylashtirish jarayonini tezlashtirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
«Turkiy davlatlar savdo hamkorligi ilmiy-tadqiqot markazi» va «Muhandislik va texnologiyalar markazi»ni tashkil etish tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha aniq tadbirlar belgilandi. TDT davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun ushbu tashabbuslarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
TDT sammiti joriy yil 11 noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
18:39 / 24.02.2026
«Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash» jamg‘armasi tashkil qilinadi
21:46 / 31.12.2025
Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi
08:36 / 27.12.2025
Hukumat zaxira jamg‘armasi va maqsadli jamg‘armalar transfertlari qayta belgilanadi
09:07 / 11.12.2025