Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada bayroq ko‘rinishidagi tort tayyorlash bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi
Istanbul chekkasidagi Tuzla tumanida «29 oktyabr - Respublika kuni» bayrami munosabati bilan bolalar tomonidan Turkiya bayrog‘i shaklida ulkan tort tayyorlandi.
Uning maydoni 24 kvadrat metrni tashkil etdi. Tuzla ma’muriyatining ma’lum qilishicha, ulkan pazandalik mahsuloti 100 ta alohida tayyorlangan tort bo‘laklarini yonma-yon qo‘yish orqali yig‘ildi.
Tort ustiga qizil qaymoq surtildi, o‘rtasi turk bayrog‘i ramzi bo‘lgan yarim oy va yulduz bilan bezatildi.
Jahon bolalar rekordlari hakami Ug‘ur Demirjon tayyor tortni o‘lchab ko‘rdi va «tortdan yasalgan eng katta bayroq» nominatsiyasida jahon rekordini qayd etdi. Bundan avvalgi rekord 10 kvadrat metrga teng edi.
Keyin tort mingta bir xil bo‘lakka ajratilib, fuqarolarga tarqatildi.
Mavzuga oid
13:14
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026
Buvisi muntazam tazyiq o‘tkazib kelgan 3 nafar bola Turkiyadan vatanga qaytarildi
18:34 / 25.05.2026