O‘zbekiston | 09:00 / 01.11.2022
81445
7 daqiqa o‘qiladi

Chevrolet Onix – barchasi u haqida

UzAuto Motors kompaniyasi O‘zbekistonda uzoq kutilgan avtomobil – Chevrolet Onix yangi sedani uchun shartnoma berish boshlanganini rasman e’lon qiladi.

Chevrolet Onix

«Chevrolet Onix – eng yuqori standartlarga javob beradigan zamonaviy avtomobil. O‘zbekistonda ishlab chiqarilishidan ancha oldin mashhur bo‘lgan barcha kutgan avtomobil. Yangi model yorqin dizayn, zamonaviy interer hamda qulaylik va xavfsizlik uchun barcha zarur opsiyalarni o‘zida mujassamlashtiradi», – deb ta’kidlaydi UzAuto Motors Bosh direktori Bo Inge Andersson.

Chevrolet Onix avtomobilining taqdim etilayotgan komplektatsiyalari xaridorlarga o‘zi uchun qulay bo‘lgan «aynan o‘sha» avtomobilni tanlash imkoniyatini beradi.

Avtomobillar komplektatsiyasiga qarab 2 turdagi dvigatel bilan taqdim etiladi:

- 1,2 litrli 132 ot kuchiga ega turbo dvigatel hamda 6 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan;

- 1,2 litrli 90 ot kuchiga ega atmosferali dvigatel 5 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, shu bilan birga aralash silkda 100 km uchun faqat 5,9 l va shahar tashqarisidagi yo‘lda 4,7 l sarflaydi.

Zamonaviy dizayn

Avtomobil zamonaviy dizayn va qulaylik bilan birga xavfsizlik bo‘yicha eng ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni ham taqdim etadi. 5 o‘rindiqli ushbu sedan sayohatlar uchun xoh u oilaviy, xoh do‘stlar orasida yoki xizmat safari bilan shaylangan xodim bo‘lsin umuman, barcha-barcha uchun ham birdek ideal.

O‘zining yorqin ko‘rinishi bilan Chevrolet Onix yo‘llarda alohida taassurot uyg‘otib, qulay haydashni kafolatlaydi. Chevrolet Malibu avtomobili bilan o‘xshashligi yuqori toifadagi avtomobillardan qolishmaydigan mustahkam va zamonaviy tashqi ko‘rinish beradi.

UzAuto Motors kompaniyasining Bosh direktori Bo Andersson: «O‘zgacha dadil eksterer va yuqori texnologiyali interer dizayni o‘rta darajadagi avtomobil qanday bo‘lishi mumkinligi haqidagi tasavvurni o‘zgartiradi. Bu zamonaviy dizayn o‘zgacha bir katta bo‘lishi shart emasligini namoyish etadi», – deya qayd etdi.

Futuristik yoritish texnikasi yon atrofdagilarning e’tiborini jalb etadi. Bu hech bir avtomobil ixlosmandlarini befarq qoldirmaydi.

Kuzovdagi gorizontal chiziqlar avtomobilning zamonaviy dizayn uslubiga ega ekanligiga urg‘u beradi. Ular diod optika yorug‘lik elementlari bilan birgalikda avtomobilga yorqin va taniqli ko‘rinish beradi, mukammal ishlangan kunduzgi diod optikasi esa Onix'ni kecha-yu kunduz ko‘zga tashlanadigan qiladi.

Texnologik interer

Chevrolet Onix intereridagi chiziqlar va yorqin elementlar avtomobilning sig‘imliligini ta’kidlaydi. Va kenglik hissini yaratadi, buning barchasiga avtomobilning keng platformasi orqali erishiladi.

Ergonomik asboblar paneli ko‘rinishni yaxshilaydi va yengillik hissini beradi.

Displey avtomobilning yuqori texnologiyali dizaynining markaziy qismidir, intuitiv 8 dyuymli axborot-ko‘ngilochar tizimi esa yuqori darajadagi premium va qulay boshqarishni qo‘shadi.

Qulay va oson boshqarish

Chevrolet Onix boshqarishni qulay va zavqli qiladigan barcha detallarga ega.

4LT komplektatsiyasida bazaviy opsiyalaridan tashqari avtomobilga kalitsiz kirish smart kalit (key) va yoqish START/STOP tizimi, kruiz kontrol bilan ta’minlangan.

Avtomobil isitish tizimiga ega charm qoplamali rul va yuqori sifatli mato qoplamali sport uslubidagi o‘rindiqlar bilan jihozlangan, shuningdek, salonda simsiz quvvatlash tizimi mavjud.

LS komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalar Bluetooh va Hands-Free hamda 8 dyuymli sensor displeyga ega rusifikatsiyaga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto) bilan jihozlangan.

Avtomobilning soddalashtirilgan komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalari signalizatsiya, konditsioner, rul kolonkasini yuqoriga va pastga hamda uzoq yaqinligini moslashtirish, haydovchi o‘rindig‘i balandligini sozlash, tezlikni cheklovchi va boshqa bir qator qulaylik uchun zarur bo‘lgan opsiyalarga ega.

Bundan tashqari, komplektatsiyasiga qarab, avtomobillar tepalikka ko‘tarilishga yordamlashuvchi tizim, faralar o‘chishining kechiktirilishi tizimi (Follow Me Home), to‘xtash tizimi datchiklari (Park-Assist) va bolalar o‘rindig‘ini o‘rnatish tizimi ISOFIX bilan jihozlangan.

Chevrolet Onix xavfsizligi

Barcha Chevrolet Onix avtomobillari kamida 2 ta xavfsizlik yostiqchasi hamda ABS va ESC (barqarorlikni elektron nazorat qilish) tizimi bilan jihozlangan.

Top versiyalaridagi kruiz kontrol tizimi optimal boshqaruvni ta’minlaydi, uzoq masofalarga yengil va qulay harakatlanish imkonini beradi, faol xavfsizlik tizimlari baxtsiz hodisalarning oldini olishga yordam beradi va avtomobilning turli yo‘l qismlarida hamisha barqaror turishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, barcha komplektatsiyalarda tezlikni cheklovchi va shinalar bosimining monitoring tizimi mavjud.

2023 yilda Chevrolet Onix avtomobilidagi qo‘shimcha opsiyalar:

  • klimat kontrol;
  • yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) to‘xtash tizimi;
  • old partroniklar;
  • ko‘rinishi cheklangan joylar nazorati datchigi;
  • orqa o‘rindiq isitish tizimi;
  • lyuk;
  • to‘liq svetodiod optikasi va orqa gabarit chiroqlar.
  • salonda haydovchi, old o‘rindiq va orqa o‘rindiq yo‘lovchilar uchun alohida yoritish tizimi;
  • 16 original dizaynli quyma disklar.

Ayni vaqtda Chevrolet Onix avtomobilining quyidagi komplektatsiyalariga buyurtma berish mumkin:

  • 1,2 MT soddalashtirilgan komplektatsiya*– 110 000 000 so‘m
  • 1LS 1,2 MT komplektatsiya –133 040 000 so‘m
  • 1LT 1,2 MT komplektatsiya –138 400 000 so‘m
  • 3LT 1.2 MT komplektatsiya –141 960 000 so‘m
  • LTZ 1,2 Turbo AT komplektatsiya –165 180 000 so‘m

Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan.

* Soddalashtirilgan komplektatsiyadagi avtomobilni buyurtma berish istagida bo‘lgan xaridorlar vakolatli dilerlik markazlari yoki info@uzautomotors.com elektron manziliga ariza qoldirishlari lozim. Yetarli miqdordagi arizalar to‘plangandan so‘ng, kompaniya ushbu avtomobil ishlab chiqarilishini belgilangan tartibda o‘rganib chiqadi. Ushbu komplektatsiya tarkibi haqidagi ma’lumotni vakolatli dilerlik markazlaridan aniqlashtirishingiz mumkin.

UzAuto Motors'ning rasmiy saytidagi yangi avtomobilni sotish uchun avtorizatsiyadan o‘tgan dilerlik markazlaridan sotib olishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot olish uchun (+998) 78–141–77−77 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki chevrolet.uz va kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalariga murojaat qilishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid