«Chevrolet Onix – eng yuqori standartlarga javob beradigan zamonaviy avtomobil. Özbekistonda işlab çiqarilişidan ança oldin maşhur bölgan barça kutgan avtomobil. Yangi model yorqin dizayn, zamonaviy interer hamda qulaylik va xavfsizlik uçun barça zarur opsiyalarni özida mujassamlaştiradi», – deb ta’kidlaydi UzAuto Motors Boş direktori Bo Inge Andersson.

Chevrolet Onix avtomobilining taqdim etilayotgan komplektatsiyalari xaridorlarga özi uçun qulay bölgan «aynan öşa» avtomobilni tanlaş imkoniyatini beradi.

Avtomobillar komplektatsiyasiga qarab 2 turdagi dvigatel bilan taqdim etiladi:

- 1,2 litrli 132 ot kuçiga ega turbo dvigatel hamda 6 poğonali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan;

- 1,2 litrli 90 ot kuçiga ega atmosferali dvigatel 5 poğonali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erişadi, şu bilan birga aralaş silkda 100 km uçun faqat 5,9 l va şahar taşqarisidagi yölda 4,7 l sarflaydi.

Zamonaviy dizayn

Avtomobil zamonaviy dizayn va qulaylik bilan birga xavfsizlik böyiça eng ilğor zamonaviy texnologiyalarni ham taqdim etadi. 5 örindiqli uşbu sedan sayohatlar uçun xoh u oilaviy, xoh döstlar orasida yoki xizmat safari bilan şaylangan xodim bölsin umuman, barça-barça uçun ham birdek ideal.

Özining yorqin körinişi bilan Chevrolet Onix yöllarda alohida taassurot uyğotib, qulay haydaşni kafolatlaydi. Chevrolet Malibu avtomobili bilan öxşaşligi yuqori toifadagi avtomobillardan qolişmaydigan mustahkam va zamonaviy taşqi köriniş beradi.

UzAuto Motors kompaniyasining Boş direktori Bo Andersson: «Özgaça dadil eksterer va yuqori texnologiyali interer dizayni örta darajadagi avtomobil qanday bölişi mumkinligi haqidagi tasavvurni özgartiradi. Bu zamonaviy dizayn özgaça bir katta bölişi şart emasligini namoyiş etadi», – deya qayd etdi.

Futuristik yoritiş texnikasi yon atrofdagilarning e’tiborini jalb etadi. Bu heç bir avtomobil ixlosmandlarini befarq qoldirmaydi.

Kuzovdagi gorizontal çiziqlar avtomobilning zamonaviy dizayn uslubiga ega ekanligiga urğu beradi. Ular diod optika yoruğlik elementlari bilan birgalikda avtomobilga yorqin va taniqli köriniş beradi, mukammal işlangan kunduzgi diod optikasi esa Onix'ni keça-yu kunduz közga taşlanadigan qiladi.