Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat korxonalariga eksklyuziv imtiyozlar berish amaliyoti bekor qilinadi
2025 yilgacha esa davlat ishtirokidagi korxonalar sonini 75 foizga qisqartirish ko‘zda tutilmoqda.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi departament boshlig‘i Sanjar Qurbonaliyev «2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarorining ijrosi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2021 yilda davlat ishtirokidagi korxonalar sonini 30 foizga qisqartirishga erishilgan.
2025 yilgacha esa bu ko‘rsatkichni 75 foizga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.
Shu jihatdan, tegishli asoslarsiz davlat ishtirokida yangi korxonalarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi, faoliyat yuritayotgan davlat unitar korxonalari esa bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi yoki tugatiladi.
Davlat ishtirokidagi korxonalor va xususiy sektorga teng sharoitlar yaratish maqsadida davlat korxonalariga eksklyuziv imtiyozlar va davlat kafolatlarini taqdim etish amaliyoti bekor qilinadi.
Shu bilan birga, korxonalar tomonidan majburiy oshkor etilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati kengaytirilgan, davlatning maxsus huquqi “oltin aksiya” bekor qilingan.
Mavzuga oid
15:23 / 29.04.2023
XMI amalga oshirayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarga QQS bo‘yicha imtiyoz qo‘llaniladi
12:02 / 13.03.2023
Sanatoriy va kurortga yo‘llanma, bepul operatsiya hamda dorilar. Halok bo‘lgan harbiylarning oilasiga berilayotgan yangi imtiyozlar
10:46 / 13.03.2023
Burchini bajarish chog‘ida yaralangan yoki halok bo‘lgan harbiylar va xizmatchilarning oilasiga yangi imtiyoz va kafolatlar berilmoqda
15:51 / 27.02.2023